ASL Takaful - bu shariat me'yorlariga muvofiq sug'urta xizmatlarini taqdim etuvchi yangi brend.
Sug'urta sohasidagi 20 yillik tajriba va bozorning yangi ehtiyojlari TEMIRYO’L-SUG’URTA kompaniyasini yuridik va jismoniy shaxslar uchun takaful xizmatlarini yo'lga qo'yishga ilhomlantirdi.
Ayni paytda, takaful xizmatlari orqali siz quyidigilarni sug'urtalashingiz mumkin: ko'chmas mulk, transport vositalari, yuk, maxsus texnika va sog'liq.
ASL Takaful tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar, O'zbekiston musulmonlari idorasi xulosasiga muvofiq, shariat me'yorlariga zid emas (2023-yil 28-avgustdagi 4149-sonli xat).