Yuk shariat me'yorlari asosida qanday sug'urtalanadi?

Yukni sug'urta qilish uchun takaful operatori bilan shartnoma tuzib, badal kiritish lozim bo’ladi.

Shartnoma qanday rasmiylashtiriladi?

Shartnomani rasmiylashtirish uchun arizani to'ldirish kerak bo'ladi.

Ariza qoldiring yoki quyidagi raqamlarga qo'ng'iroq qiling.

Shartnomaning ajralmas qismi bo'lgan sug'urta arizasiga muvofiq, Deklaratsiyada (Shartnomaga 1-ilova sifatida rasmiylashtirilgan) ko'rsatilgan, yo'ldagi (yuk) mol-mulkni sug'urta qilish Shartnoma predmeti hisoblanadi.

Yukni qanday xavflardan sug'urtalash mumkin?

Sug'urta ob'yekti bo'lib, Deklaratsiyaga (Shartnomaga 1-ilova) muvofiq sug'urtalangan yukni tashish jarayonida nobud bo'lish, shikastlanish xavfi bilan bog'liq bo'lgan Ishtirokchining mulkiy manfaatlari hisoblanadi.

Yuklarni sug'urtalash quyidagi risk toifalari bo'yicha amalga oshiriladi:

  1. A toifasi - "Barcha xatarlar uchun javobgarlik bilan.";
  2. B toifasi - "Muayyan avariya uchun javobgarlik bilan.";
  3. C toifasi - "Zarar uchun javobgarliksiz, halokat holatlaridan tashqari (faqat to'liq nobud bo'lish)".

Shartnomada nazarda tutilgan hodisa (sug'urta hodisasi) sodir bo'lganda, "Takaful" operatori Ishtirokchiga ushbu hodisa natijasida sug'urtalangan yo'ldagi mol-mulkiga (yuklariga) yetkazilgan zararni sug'urta zahiralaridan (Takaful fondi) to'liq qoplaydi (sug'urta tovonini to'laydi).

Sug'urta tovoni Shartnomada ko'rsatilgan miqdor (sug'urta summasi) doirasida Shartnomada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda to'lanadi.

Takaful sug'urta badali miqdorini hisoblash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar:
  • Yukning nomi;
  • Tashish transportining turi;
  • Transport yo'nalishi;
  • Geografik hudud;
  • Sug'urta hududi;
  • Sug'urta muddati;
  • Yuk tashuvchi;
  • Naf oluvchi;
  • Sug'urta qiymati (mulkning haqiqiy qiymati).

Batafsil ma'lumot olish uchun quyida ariza qoldiring, yoki telefon raqamga qo'ng'iroq qiling:

+998 90 998 22 20

+998 978 05 44